Аннотация
Dermatomikozlar aholi orasida keng tarqalgan zamburug‘li kasalliklardan biri bo‘lib, ularni o‘z vaqtida va ishonchli laborator tasdiqlash samarali davolash taktikasini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Kaliy gidroksidi (KOH) yordamida tayyorlangan preparatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikroskopik tekshirish tezkor va amaliyotda keng qo‘llaniladigan diagnostik usul hisoblanadi. Biroq mikroskopik tasvirlarni vizual interpretatsiya qilish mutaxassisning tajribasiga bog‘liq bo‘lib, keratin qoldiqlari, tolalar, havo pufakchalari va boshqa artefaktlar zamburug‘ elementlariga morfologik jihatdan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Natijada diagnostik subyektivlik va noto‘g‘ri talqin qilish xavfi yuzaga keladi. Sun’iy intellekt va chuqur o‘qitish texnologiyalarining tibbiy tasvirlarni avtomatik tahlil qilishdagi rivojlanishi mazkur muammoni bartaraf etish, mikroskopik tekshiruvni standartlashtirish va laborator mutaxassisning qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.
Ключевые слова
—