Jurnal haqida

«Markaziy Osiyo dermatologiyasi» ilmiy-amaliy jurnali — dermatologiya, dermatovenerologiya, kosmetologiya va klinik tibbiyotning turdosh yo‘nalishlarida olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijalarini nashr etishga ixtisoslashgan, taqrizdan o‘tkaziladigan ilmiy nashr.
Jurnalning muassisi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasasi.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan yetakchi taqrizlanadigan ilmiy jurnallar va nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnal belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ro‘yxatdan o‘tganlik raqami — № 0546, 2008-yil 3-sentabr.
Nashr uchun o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida ilmiy maqolalar qabul qilinadi.
Jurnal ochiq kirish tamoyillariga amal qiladi va chop etilgan ilmiy materiallardan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Jurnal pasporti

Chop etilish davriyligi: Yilda 4 marta (Har chorakda)
OAK Maqomi: Tibbiyot fanlari bo‘yicha DSc va PhD uchun
Erkin kirish: Barcha maqolalar bepul (Open Access)
Tahrirlash tizimi: Double-blind peer review

Jurnalning maqsadi

Jurnalning asosiy maqsadi dermatologiya, dermatovenerologiya, kosmetologiya va klinik tibbiyotning turdosh yo‘nalishlarida olib borilgan ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar natijalarini nashr etish va tarqatish, shuningdek, kasalliklarni zamonaviy diagnostika qilish, davolash va oldini olish usullarini tibbiyot amaliyotiga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat. Jurnal tegishli tibbiyot yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislar o‘rtasida professional hamda ilmiy tajriba almashinuviga ko‘maklashadi.

Jurnalning asosiy vazifalari

Jurnalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• dermatologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya sohalaridagi dolzarb ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish;
• dermatoonkologiya, allergologiya, immunologiya, estetik tibbiyot, telemeditsina va boshqa turdosh yo‘nalishlardagi tadqiqotlarni yoritish;
• ilg‘or mahalliy va xorijiy ilmiy hamda klinik tajribalarni ommalashtirish;
• kasalliklarni zamonaviy diagnostika qilish, davolash va oldini olish usullarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish;
• fundamental, klinik va amaliy tadqiqotlar natijalarini nashr etish;
• mustaqil taqrizlash orqali chop etiladigan materiallarning ilmiy sifatini ta’minlash;
• nashriyot etikasi va akademik halollik tamoyillariga rioya qilish;
• ilmiy tadqiqotlar natijalaridan professional va ilmiy hamjamiyatning foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
• nashr etilayotgan ilmiy ishlarning xalqaro miqyosdagi ko‘rinishini oshirish hamda ilmiy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.