BOLALARDAGI ATOPIK DERMATITDA TOPIK ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK VA OQILONA QO‘LLASH MASALALARI | Dermatovenereology and aesthetic medicine

BOLALARDAGI ATOPIK DERMATITDA TOPIK ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK VA OQILONA QO‘LLASH MASALALARI

Digital Object Identifier (DOI) https://doi.org/10.67620/dermajournal.1730003
Abdubannobova Dilnavoz1
Received Sep 23, 2026
Revised Oct 08, 2026
Published Oct 13, 2026

Annotatsiya

Atopik dermatit (AD) — bolalarda eng ko‘p uchraydigan surunkali yallig‘lanishli teri kasalligi bo‘lib, uning o‘choqlari deyarli har doim Staphylococcus aureus bilan kolonizatsiyalanadi. Shu sababli topik va tizimli antibiotiklar keng qo‘llaniladi, biroq ularning asossiz va uzoq muddatli ishlatilishi klinik samarasizlik hamda antimikrob rezistentlik bilan bog‘liq. Ushbu tezisda AD da antibiotiklarning haqiqiy klinik samarasi va topik antibiotiklarga, ayniqsa fuzid kislotasiga nisbatan rezistentlik muammosi zamonaviy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Asosiy xulosa: klinik infeksiya belgilari bo‘lmagan AD da antibiotiklar sezilarli foyda bermaydi, aksincha rezistentlikni oshiradi; davoning asosi teri barʼerini tiklash va yallig‘lanishga qarshi vositalar, antibiotiklar esa faqat aniq infeksiyada va qisqa muddatga qo‘llanilishi lozim.

Kalit so'zlar

atopik dermatit; bolalar; Staphylococcus aureus; antimikrob rezistentlik; fuzid kislotasi; oqilona antibiotik siyosati.

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

APA style
Abdubannobova Dilnavoz (2026). BOLALARDAGI ATOPIK DERMATITDA TOPIK ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK VA OQILONA QO‘LLASH MASALALARI. *Dermatovenereology and aesthetic medicine*, 17(3), 17-18. https://doi.org/10.67620/dermajournal.1730003