Abstract
Zoonoz teri leyshmaniozi (ZTL) kasalligining Qashqadaryo viloyatida eng epidemik faol tabiiy o'choqlari mavjud boʻlib cho’l zonasidagi tabiiy oʻchoqlarning faolligi juda yo’qori. Bu tabiiy o’choqli hududlarda yashaydigan va ishlaydigan aholi salomatligiga jiddiy xavf tug’diradi. So'nggi yillarda aholi orasida ZTL tashxisi bilan ro'yxatga olingan holatlar sonining ko'payishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. ZTLning epidemiologik kuzatuvi kasallikning tarqalishini kamaytirish va epidemik tusda avj olishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi. Profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash uchun tegishli epidemiologik va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni muntazam ravishda to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish muhim axamiyatga ega. Yo’qoridagilarni xisobga olib 2012-2025-yillarda viloyat axolisi orasida ZTL bilan og'rigan bemorlarning ma'lumotlari yordamida kasallikning tarqalishini epidemiologik tahlili o'tkazildi.
Keywords
—