ZOONOZ TERI LESHMANIOZI KASALLIGINING TABIIY O’CHOQLARINING EPIDEMIOLOGIK MONITORINGI | Dermatovenereology and aesthetic medicine

ZOONOZ TERI LESHMANIOZI KASALLIGINING TABIIY O’CHOQLARINING EPIDEMIOLOGIK MONITORINGI

Digital Object Identifier (DOI) https://doi.org/10.67620/dermajournal.1730018
BURIYEV A. Y.1 , Murodov S. S.2, SUVONOV J.3
Received Sep 25, 2026
Revised Oct 10, 2026
Published Oct 15, 2026

Annotatsiya

Zoonoz teri leyshmaniozi (ZTL) kasalligining Qashqadaryo viloyatida eng epidemik faol tabiiy o'choqlari mavjud boʻlib cho’l zonasidagi tabiiy oʻchoqlarning faolligi juda yo’qori. Bu tabiiy o’choqli hududlarda yashaydigan va ishlaydigan aholi salomatligiga jiddiy xavf tug’diradi. So'nggi yillarda aholi orasida ZTL tashxisi bilan ro'yxatga olingan holatlar sonining ko'payishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. ZTLning epidemiologik kuzatuvi kasallikning tarqalishini kamaytirish va epidemik tusda avj olishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi. Profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash uchun tegishli epidemiologik va ijtimoiy-iqtisodiy ma'lumotlarni muntazam ravishda to'plash, qayta ishlash va tahlil qilish muhim axamiyatga ega. Yo’qoridagilarni xisobga olib 2012-2025-yillarda viloyat axolisi orasida ZTL bilan og'rigan bemorlarning ma'lumotlari yordamida kasallikning tarqalishini epidemiologik tahlili o'tkazildi.

Kalit so'zlar

—

Maqolaga iqtibos keltirish andozasi

APA style
BURIYEV A. Y. (2026). ZOONOZ TERI LESHMANIOZI KASALLIGINING TABIIY O’CHOQLARINING EPIDEMIOLOGIK MONITORINGI. *Dermatovenereology and aesthetic medicine*, 17(3), 39-40. https://doi.org/10.67620/dermajournal.1730018